Namanganda botanika bog‘i tashkil etish taklif qilindi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida gul va manzarali o‘simliklardan iborat botanika bog‘i tashkil etish taklif qilindi.
Loyiha viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning Turkiyaning Brocenna va Göktan kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvida muhokama qilindi. Unda kompaniyalar direktori Tanriverdi Belgin hamda ta’sischilar Eraslan Nejat va Bayindir Ismail Hakki qatnashdi.
Tomonlar Namanganga yangi gul navlarini olib kelish, o‘simlik yetishtirish bo‘yicha xorijiy tajribani joriy qilish va gulchilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Taklif etilayotgan botanika bog‘ida turli gullar va manzarali o‘simliklar kolleksiyasi yaratilishi mumkin. Loyiha viloyatda gulchilikni rivojlantirish bilan birga, sayyohlarni jalb qiluvchi yangi maskan tashkil etishni ham nazarda tutadi.
Turkiya kompaniyalari vakillari taklifga qiziqish bildirdi. Hozircha bog‘ning maydoni, loyiha qiymati, moliyalashtirish manbalari va qurilish muddati ma’lum qilinmagan.
Namangan viloyatida bog‘dorchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish bo‘yicha avval ham alohida dasturlar qabul qilingan. Jumladan, Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida intensiv bog‘lar barpo etish, ko‘chat yetishtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni kengaytirish choralari belgilangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
