O‘zbekistonda 3,4 mln tonna paxta terib olindi

12-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,4 mln tonna paxta xomashyosi terib olindi. Bu 2026-yil uchun belgilangan 4,5 mln tonnalik shartnomaviy ko‘rsatkichning 76 foizini tashkil etadi, deb xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Hosilning qariyb 2,6 mln tonnasi mashinalarda, 848 ming tonnasi qo‘lda terilgan. Mexanizatsiyalashgan usulda umumiy hosilning qariyb 75 foizi yig‘ib olindi.
Qo‘lda terilgan paxtaning 174 ming tonnasi texnika ishlashi uchun tayyorlangan dala chetlariga to‘g‘ri keladi. Yana 674 ming tonna hosil mashinalar kira olmaydigan kichik maydonlarda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar ishchilari tomonidan yig‘ilgan.
Terimda qariyb 3 mingta paxta terish mashinasi qatnashmoqda. Shu yilning o‘zida fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga lizing asosida mingdan ortiq zamonaviy texnika yetkazib berildi.
12-oktabr kuni mashinalar yordamida 147 ming tonna paxta terilgan. Har bir texnikaga o‘rtacha 50 tonnadan hosil to‘g‘ri kelgan.
Yillik shartnomaviy ko‘rsatkichni bajarish uchun yana qariyb 1,1 mln tonna paxta yig‘ib olish kerak.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
