Yangiliklar/Ekologiya

O‘zbekistonda 14-oktyabrdan yog‘ingarchilik to‘xtaydi

Ekologiya 12 oktyabr, 11:24
O‘zbekistonda 14-oktyabrdan yog‘ingarchilik to‘xtaydi

14-oktyabrdan O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +22...+25 darajagacha, janubiy hududlarda esa +27...+30 darajagacha ko‘tariladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

12-oktyabr kuni mamlakatning aksariyat hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +18...+21 daraja, shimoliy va janubiy hududlarda +23...+26 daraja bo‘ladi.

13-oktyabr kuni Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir saqlanib qoladi. Kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

14–16-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi soniyasiga 7–12 metrni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir va sel xavfi bor

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 12–13-oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda u kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kutilmoqda.

12-oktyabr kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ushbu hududlarga safarlarni rejalashtirishda ogohlantirishni hisobga olish tavsiya etiladi.

Toshkentda ob-havo

Toshkentda 12-oktyabr kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +19...+21 daraja bo‘ladi.

13–16-oktyabr kunlari poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +12...+15 daraja, kunduzi +22...+25 darajani tashkil etadi. Sharqdan esadigan shamol tezligi soniyasiga 3–8 metr bo‘ladi.

1,1110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→