Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Tegishli farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi. Avvalroq Qudratxo‘jayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Shuxrat Xalmuxamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. U vazirlikni 2024-yil noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Botir Qudratxo‘jayev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat boshqaruvi tizimida tajribaga ega. Turli yillarda harbiy prokuratura tizimida ishlagan, Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga rahbarlik qilgan.
2022-yil noyabrida Qudratxo‘jayev O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokuror etib tayinlangan. 2025-yil fevralida Favqulodda vaziyatlar vazirligini boshqargan. 2026-yil boshida esa ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimini egallagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
