Yangiliklar/Jamiyat

Yunusobod tumanida Cobalt yoritish ustuniga urildi

Jamiyat 9 oktyabr, 18:40
Yunusobod tumanida Cobalt yoritish ustuniga urildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Amir Temur ko‘chasida 9-oktyabr kuni soat 18:00 atrofida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2004-yilda tug‘ilgan M.J. ismli haydovchi Cobalt rusumli avtomobilni boshqarayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasida joylashgan yoritish ustuniga borib urilgan.

Hodisa oqibatida haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

2320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→