Turkiy davlatlar umumiy xarita yaratadi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar turkiy dunyoning umumiy xaritasi va geografik nomlarning yagona katalogini yaratishga kelishib oldi. Qaror Ostona shahrida o‘tgan tashkilot mamlakatlari kartografiya idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvida qabul qilindi.
Yangi xarita a’zo davlatlarning geografik va kartografik ma’lumotlarini yagona axborot maydonida birlashtirishi kerak. Katalogga aholi punktlari, tabiiy hududlar va boshqa geografik obyektlarning rasmiy nomlari kiritiladi.
Loyiha ustida kartografiya bo‘yicha maxsus ishchi guruh ishlaydi. Mutaxassislar texnik talablar, ma’lumot almashish formati va toponimlarni katalogga kiritish tamoyillarini kelishib oladi.
Navbatdagi yig‘ilish 2027-yilda Qirg‘izistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ishchi guruhning loyiha bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqiladi.
Uchrashuv ishtirokchilari geodeziya, Yerni masofadan zondlash, raqamli kartografiya va geografik axborot tizimlari sohalaridagi hamkorlikni ham muhokama qildi. Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati huzurida qo‘shma kartografik loyihalarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm yaratish taklif etildi.
Yig‘ilish yakunida kartografiya va fazoviy ma’lumotlar sohasida hamkorlikni davom ettirish hamda texnologiyalar almashinuviga oid deklaratsiya imzolandi. Turkiy davlatlar tashkilotiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
