Toshkentda beshta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgartirildi

Toshkent shahrida 2, 26, 37, 68 va 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi. Bunga Shahrisabz ko‘chasida jamoat transporti uchun BRT tizimiga mo‘ljallangan maxsus yo‘lak qurilishi sabab bo‘lmoqda.
Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga burilish vaqtincha cheklandi. Shu sababli, mazkur avtobuslarning shahar markazidan harakatlanishi bir tomonlama tartibda Shahrisabz, Maxtumquli va S. Azimov ko‘chalari orqali amalga oshirilmoqda.
Hududda transport oqimi ortishi sababli tirbandliklar yuzaga kelishi va avtobuslar qatnovi oralig‘idagi vaqt uzayishi mumkin. Shuningdek, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoli bor.
Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish va ehtimoliy kechikishlarni hisobga olish so‘ralmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
