O‘zbekiston sportchilari 9 oyda 1 261 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston sportchilari 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida xalqaro musobaqalarda 1 261 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov ma’lum qildi.
Sportchilar 420 ta oltin, 373 ta kumush va 468 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yaponiyada o‘tkazilgan Aichi–Nagoya Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
Samarqandda tashkil etilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida esa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor Olimpiada chempioni bo‘ldi.
To‘qqiz oy davomida ommaviy sport tadbirlari orqali 11,2 million nafardan ortiq aholi qamrab olindi. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 17 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Sport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida mahallalarda qurilishi belgilangan 398 ta sport maydonchasidan 216 tasi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining hududiy bosqichlarida yuz minglab yoshlar ishtirok etmoqda. Iqtidorli sportchilarni saralash va ularni 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
