Keksalarga poyezd chiptalari uchun 20 foiz chegirma beriladi

O‘zbekistonda keksa yoshdagi fuqarolar ichki yo‘nalishlardagi poyezd chiptalarini tarif qismining 20 foizlik chegirmasi bilan xarid qilishi mumkin. Imtiyoz “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida taqdim etiladi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Chegirmadan quyidagilar foydalanishi mumkin:
- 55 yoshdan oshgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayollar;
- 60 yoshdan oshgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan erkaklar.
Imtiyoz har yili ikki davrda amal qiladi:
- 2–8-oktyabr kunlari;
- 1–30-noyabr kunlari.
Chegirma chipta narxining to‘liq summasiga emas, faqat tarif qismiga qo‘llanadi. Shu sababli yakuniy narx aynan 20 foizga arzonlashmasligi mumkin.
Imtiyoz O‘zbekiston ichidagi barcha poyezdlarda amal qiladi. Afrosiyob tezyurar elektropoyezdi bundan mustasno. Chegirmali chiptani temiryo‘l kassalari yoki onlayn xizmatlar orqali rasmiylashtirish mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
