Buxoro 2027-yilda MDH sammitiga mezbonlik qiladi

2027-yil 1-yanvardan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Bu haqdagi qaror 9-oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. O‘zbekistonga Turkmaniston va ilk bor Ozarbayjon hamraislik qiladi.
MDH davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti 2027-yil 8–9-oktyabr kunlari Buxoroda o‘tkaziladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston raisligining asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirishdan iborat bo‘lishini bildirdi.
Raislik“MDH — ishonch va umumiy taraqqiyot makoni” shiori ostida o‘tadi. Uning konsepsiyasi va 100 dan ortiq tadbirni qamrab oladigan reja tayyorlanmoqda. Har bir tashabbus bo‘yicha aniq qadamlar, muddatlar va kutilayotgan natijalarni belgilash ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy yo‘nalishda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, o‘zaro investitsiyalarni ko‘paytirish va savdo to‘siqlarini kamaytirish rejalashtirilgan. O‘zbekiston sun’iy intellekt, robotlashtirish, muhim minerallar, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ham ilgari surmoqchi.
Transport sohasida tranzit tartiblarini soddalashtirish va Markaziy Osiyoni MDHning umumiy transport tizimi bilan bog‘laydigan yo‘nalishlarni rivojlantirish taklif etilgan. Xavfsizlik bo‘yicha terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatchilikka qarshi hamkorlikka e’tibor qaratiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
