O‘zbekistonda shifokorlar soni 112 mingdan oshdi

2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 112 420 nafar shifokor faoliyat yuritgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ularning soni bir yil ichida 4 923 nafarga yoki 4,6 foizga oshgan.
2025-yil boshida mamlakatda 107 497 nafar shifokor ishlagan. Demak, bir yil davomida ularning soni oyiga o‘rtacha 410 nafarga ko‘paygan.
Shifokorlarning 60 282 nafari yoki 53,6 foizi erkaklar, 52 138 nafari yoki 46,4 foizi ayollardir. Erkak shifokorlar ayol hamkasblaridan 8 144 nafarga ko‘p.
Mamlakatda har 10 ming aholiga o‘rtacha 29,4 nafar shifokor to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich shifokorlar bilan umumiy ta’minlanganlik darajasini ifodalaydi, ammo ularning hududlar, tibbiyot muassasalari va mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimotini ko‘rsatmaydi.
O‘zbekistonda shifokorlar sonining ko‘payishi birlamchi tibbiy yordam tizimini isloh qilish bilan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. 2025-yil 19-maydagi prezident farmonida tibbiy yordam ko‘rsatishda oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Hujjatda raqamlashtirish va qog‘ozbozlikni qisqartirish hisobiga tibbiyot xodimlari yuklamasini 30 foizga kamaytirish, shuningdek, ularni faoliyat samaradorligi asosida moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish belgilangan.
2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichma-bosqich boshlanadi. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imtihon va kasbiy malakani mustaqil baholashni nazarda tutadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
