Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekiston va Turkmaniston Strategik Hamkorlik Oliy Kengashini tashkil etdi

Siyosat 8 oktyabr, 15:46
Oʻzbekiston va Turkmaniston Strategik Hamkorlik Oliy Kengashini tashkil etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Yangi kengash siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentlar o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish masalasini muhokama qildi. Buning uchun alohida chora-tadbirlar rejasi hamda sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya dasturini qabul qilish rejalashtirilgan.

Qo‘shma loyihalarni nafaqat hukumatlar, balki ikki mamlakat hududlari darajasida ham amalga oshirish taklif etildi.

Tomonlar yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshayotganini qayd etdi. Uchrashuvda “Shovot – Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasining faoliyati ham muhokama qilindi.

Muzokaralar avvalida Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi. Shuningdek, Turkmanistonning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi qayd etildi.

1,3170

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→