Chirchiqda bank xodimi omonatchilarning 1,3 mlrd so‘mini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Chirchiq shahridagi bank xizmatlari markazi bo‘limi boshlig‘i 13 nafar mijozning omonatga qo‘yish uchun bergan 1,3 mlrd so‘mini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Tergovga qadar tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, tijorat banklaridan birining xodimi O.R. fuqarolardan pullarni bank omonatiga joylashtirish uchun olgan. U mablag‘lar hisobga kiritilgani haqida bank tizimiga soxta ma’lumot yozib, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagani aytilmoqda.
Jinoyat ishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish alomatlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. Tijorat bankining nomi ochiqlanmagan. Omonatchilarga yetkazilgan zarar qoplangani yoki qoplanmagani haqida ham ma’lumot berilmagan.
Gumonlanuvchining aybdorligi faqat sud hukmi bilan aniqlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
