Farg‘ona shossesida “yashil to‘lqin” yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahridagi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Farg‘ona shossesidagi svetoforlar ishini muvofiqlashtirdi.
O‘zgarishlar Quyliq ko‘prigidan keyingi “Quyliq ota” maqbarasidan UzBUMgacha bo‘lgan 6 kilometrlik yo‘l qismidagi 13 ta svetoforni qamrab oldi. Ushbu yo‘nalishda avtomobillar harakatini muvofiqlashtirish uchun “yashil to‘lqin” rejimi yo‘lga qo‘yildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, avval tig‘iz bo‘lmagan vaqtlarda ushbu masofani bosib o‘tish uchun 12–13 daqiqa kerak bo‘lgan. Hozir esa yo‘l taxminan 9 daqiqada bosib o‘tilmoqda. Shu tariqa, harakatlanish vaqti qariyb 25 foizga qisqargan.
Farg‘ona shossesi Toshkentga kirib keluvchi asosiy transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Quyliq tomondan poytaxtga Toshkent shahri va viloyatidan katta miqdordagi avtomobil oqimi kirib keladi.
Mutaxassislar yo‘l harakatini sutka davomida kuzatib boradi. Zaruratga qarab svetoforlarning ishlash rejimlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
