Yangiliklar/Jamiyat

YHXX kuryerlar va skuterlar reydlarini izohladi

Jamiyat 6 oktyabr, 20:45
YHXX kuryerlar va skuterlar reydlarini izohladi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kuryerlar tekshiruvlari kuchaytirilganini avariyalar soni bilan izohladi. 2026-yilning to‘qqiz oyida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 89 kishi halok bo‘ldi, yana 488 kishi jarohatlandi. Inspektorlar 4312 ta qoidabuzarlikni aniqladi. Shundan 162 tasida hujjatsiz haydovchilar transportni mast holda boshqargan.

Moped, skuter va kichik hajmli mototransportni boshqarish uchun A1 toifasidagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Uni avtomaktabda o‘qimasdan, nazariy imtihondagi 20 ta savoldan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob berish orqali olish mumkin. A, B, C yoki D toifasidagi guvohnomaga ega haydovchilar A1 toifasini alohida ochishi shart emas.

Tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, dvigatel hajmi 25 kub santimetrgacha yoki quvvati 0,25 kVtgacha bo‘lgan transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi. Biroq uni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.

Biz na haydovchilik guvohnomasi, na zarur bilimga ega bo‘lgan shaxslarning mototransport boshqarishini cheklayapmiz», dedi YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev.

2025-yil 1-oktabrdan yo‘l harakatida qatnashadigan mopedlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va raqam belgisi bilan jihozlanishi shart. A1 kichik toifasiga oid talablar 2026-yil bahorida aniqlashtirilgan.

1,9350

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→