MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda ommaviy tadbir o‘tkazadi

Amerikalik videobloger Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan mamlakatga keladi. U ishtirokidagi ommaviy tadbir 9-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda qatnashish bepul, biroq ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi. Mehmonlar belgilangan talablarga javob beradigan va tadbirga shaxsan kela oladigan voyaga yetgan nomzodlar orasidan kompyuterlashtirilgan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish sahifasida tadbir MrBeastning O‘zbekistondagi chellenji sifatida ko‘rsatilgan. Dastur, tadbir o‘tkaziladigan aniq joy va vaqt hozircha e’lon qilinmagan. Tanlovdan o‘tgan ishtirokchilarga tafsilotlar va shaxsiy QR-kod elektron pochta orqali yuboriladi.
Ariza qanday topshiriladi?
Ishtirok etish uchun:
- Rasmiy saytdagi anketani to‘ldirish;
- pasport yoki ID-kartadagi kabi to‘liq ism-sharifni kiritish;
- tug‘ilgan sana, amaldagi elektron pochta manzili va +998 formatidagi telefon raqamini ko‘rsatish;
- pasport yoki ID-karta surati yoxud skaner nusxasini yuklash;
- yashash hududini ko‘rsatish;
- Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining Instagram sahifasiga obuna bo‘lish;
- ishtirok etish va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash qoidalariga rozilik bildirish kerak.
Arizalarni faqat 18 yoshga to‘lgan va 9-oktabr kuni Toshkentdagi tadbirda shaxsan qatnasha oladigan fuqarolar topshirishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangach, tizim ishtirokchilarni tasodifiy ravishda tanlaydi. Tanlovdan o‘tganlarga tadbir tafsilotlari, taklifnoma va individual QR-kod yuboriladi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tadbir haqidagi yagona rasmiy axborot manbasi ekanini bildirdi. Shu sababli joy, vaqt, taklifnomalar va tanlov natijalari haqidagi ma’lumotlarni faqat tashkilotning rasmiy sahifalaridan tekshirish tavsiya etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
