Toshkentda 100 ta jamoat hojatxonasi tashkil etiladi

Toshkentda 2026-yil davomida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi, ya’ni jamoat hojatxonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu prezidentning 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-son qarorida belgilangan. Hujjat 29-iyuldan kuchga kirgan.
Yangi hojatxonalar poytaxtning markaziy va turistik ko‘chalarida, xiyobonlarda, shuningdek, shahar aholisi va mehmonlari ko‘p tashrif buyuradigan obyektlar atrofida joylashtiriladi.
Loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Bunda shahar hokimligi va xususiy tadbirkorlar hamkorlik qiladi.
Toshkent shahar hokimligi yangi sanitariya shoxobchalarini belgilangan tartibda markazlashgan ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlariga ulashga yordam beradi. Hujjatda hojatxonalarning aniq manzillari, foydalanish narxi va ish rejimi ko‘rsatilmagan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida qulayliklar yaratish talabi ham ochiq manbada keltirilgan qismda aniqlashtirilmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Irakli Elashvili Asakabank boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

Toshkent aeroportida olib kirilgan telefonlarni IMEI bo‘yicha rasmiylashtirish tiklandi

Instagram uzoq videolar uchun blogerlarga $500 minggacha taklif qilmoqda

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan yangi uylarni reklama qilish taqiqlanadi
