Oʻzbekiston va Pokiston mahbuslarni oʻz vatanlariga koʻchirish boʻyicha kelishuvga erishdi

Qonun 3-oktabr kuni Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi. Bitim O‘zbekiston va Pokiston tomonidan 2026-yil 5-fevralda Islomobod shahrida imzolangan.
Kelishuvga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan mahkum jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda davom ettirishi mumkin. Bunda gap mahkumni jazodan ozod qilish yoki sud hukmini bekor qilish haqida emas. Unga tayinlangan jazo boshqa davlat hududida ijro etishda davom etadi.
Bitimda quyidagi masalalar aniq belgilangan:
- mahkumni topshirish shartlari;
- topshirishni rad etish asoslari;
- bitim ijrosi uchun mas’ul markaziy davlat organlari;
- so‘rovning shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablar;
- jazoni ijro etishni davom ettirish tartibi;
- mahkumni boshqa davlat hududi orqali olib o‘tish qoidalari;
- topshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi.
Senatorlarning fikricha, hujjat xorijda jazo o‘tayotgan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Mahkumning o‘z mamlakatida jazo o‘tashi uning oila a’zolari bilan aloqalarini saqlab qolishi va keyinchalik jamiyatga moslashishini yengillashtiradi.
Qonunchilik palatasi mazkur bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini 2026-yil 7-iyulda ko‘rib chiqqan. Lex.uz milliy qonunchilik bazasida e’lon qilingan 2305-V va 2306-V-sonli qarorlarga ko‘ra, quyi palata qonunni qabul qilib, Senatga yuborgan.
Senat ma’lumotiga ko‘ra, bitim O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni rivojlantirishga, jazoni ijro etishda insonparvarlik tamoyillarini qo‘llashga hamda fuqarolarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga xizmat qiladi. Muhokama yakunida senatorlar qonunni ma’qulladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
