Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashi kerak

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashi lozim. Soliq kodeksiga ko‘ra, ushbu soliqlar yil davomida teng ulushlarda — 15-aprel va 15-oktabrgacha to‘lanadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulk joylashgan hudud bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Soliq summasi haqidagi ma’lumotlarni tegishli xizmatlar orqali tekshirish mumkin.
Yer solig‘i esa yer uchastkasi joylashgan hudud bo‘yicha to‘lanadi. Uning hisoblanishi va to‘lash tartibi Soliq kodeksining tegishli normalari bilan belgilanadi.
Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek, soliq organlari yoki bank filiallarida to‘lash mumkin.
Belgilangan muddatda to‘lanmagan soliq summasiga kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
