Yangiliklar/Jamiyat

“Sobir Rahimov” va “O‘rtaovul” stansiyalari oralig‘ida yangi temiryo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi

Jamiyat 3 oktyabr, 13:11
“Sobir Rahimov” va “O‘rtaovul” stansiyalari oralig‘ida yangi temiryo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi

3-oktabr kuni “Sobir Rahimov” va “O‘rtaovul” stansiyalari oralig‘ida yangi temiryo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi. U 3384-kilometr PK-2 nuqtasidagi mavjud temiryo‘l kesishmasi o‘rnida qurilgan.

Loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan ikki yo‘lli temiryo‘l ko‘prigi barpo etildi. Shuningdek, 1,2 kilometr uzunlikdagi aylanma temiryo‘l va avtomobil yo‘li qurildi.

Bundan tashqari, 800 metr kontakt tarmog‘i ko‘chirildi hamda avtomobil va piyodalar yo‘laklari barpo etildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev hamda Transport prokuraturasi prokurori Islom Narimov ishtirok etdi.

4420

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→