Yangiliklar/Jamiyat

Afgʻoniston chegarasida yuk mashinasida 52 kg dan ortiq giyohvand moddalar topildi

Jamiyat 3 oktyabr, 17:56
Afgʻoniston chegarasida yuk mashinasida 52 kg dan ortiq giyohvand moddalar topildi

1-oktabrga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatidagi Ayritom chegara bojxona postida Afg‘onistondan kirib kelgan yuk mashinasi tekshirildi.

Tekshiruv davomida tirkama polining ostidan polietilen, folga va skotchning to‘rt qavatiga o‘ralgan 98 ta o‘ram aniqlandi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 79 ta o‘ramdan jami 42 kg 335 gramm gashish, 19 tasidan esa 10 kg 260 gramm opiy topilgan.

Olib qo‘yilgan giyohvandlik moddalarining umumiy og‘irligi 52 kg 595 grammni tashkil etdi. Bojxona xodimlari hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu moddalar qariyb 340 ming dozaga teng.

4860

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→