«Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovining 208 g‘olibiga 616 mln so‘mdan mukofot berildi

O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovining tuman va shahar bosqichlari g‘oliblariga pul mukofotlari topshirildi. 208 nafar g‘olibning har biri 616 mln so‘mdan oldi. Shu tariqa jami mukofotlar miqdori 128,128 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Tanlov yangi formatda ilk bor o‘tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan 46 mingdan ortiq pedagog qatnashdi. Yakunda 208 ta tuman va shaharning har biridan bittadan g‘olib aniqlandi.
Mukofot miqdori 1 400 bazaviy hisoblash miqdoriga teng etib belgilangan. 2026-yil 1-sentabrdan BHM 440 ming so‘m etib belgilanganligi sababli g‘oliblarning har biriga 616 mln so‘mdan to‘lov amalga oshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni pedagoglar bilan uchrashuvda tanlovning yangi formatida tuman va shahar bosqichlari g‘oliblarini pul mukofoti bilan rag‘batlantirish amaliyoti joriy etilganini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusi yildan ushbu mexanizmni maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va texnikum ustalariga ham tatbiq etish taklif qilindi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
