Toshkentda O‘zbekiston shaxmatchilari g‘alabasi sharafiga dronlar shousi o‘tkaziladi

Bugun, 2-oktabr kuni Toshkent shahrida FIDE 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi erishgan tarixiy g‘alabaga bag‘ishlangan dronlar shousi bo‘lib o‘tadi.
Tomosha soat 20:00 da «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida boshlanadi. Tadbirga poytaxt aholisi va mehmonlari taklif etilgan. Kirish bepul.
Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbir vaqtida transport harakatiga cheklov kiritilmaydi. Avtomobillar odatdagi tartibda harakatlanishda davom etadi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqand shahrida o‘tkazildi. O‘zbekiston ushbu musobaqaga ilk bor mezbonlik qildi. Olimpiada va FIDEning navbatdagi kongressini mamlakatda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror 2022-yilda qabul qilingan. Musobaqani O‘zbekiston tomonidan tashkil etish vazifasi O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasiga yuklatilgan.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi milliy terma jamoalar o‘rtasidagi nufuzli musobaqa hisoblanadi. Turnir FIDE boshchiligida ochiq va ayollar toifalarida o‘tkaziladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
