Yangiliklar/Jamiyat

Termizda sud

Jamiyat 2 oktyabr, 20:24
Termizda sud

Termiz shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi haq evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish bilan bog‘liq ish bo‘yicha hukm chiqardi. Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi.

Sud unga bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ushbu muddat davomida unga ish yoki o‘qish vaqtidan tashqari yashash joyini tark etish taqiqlandi. Shuningdek, unga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatildi.

Ish materiallariga ko‘ra, Termiz shahridagi ijaraga olingan xonadonda haq evaziga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratilgan. Buning uchun 200 ming so‘m pul olingan.

Sud ashyoviy dalillar bo‘yicha ham qaror qabul qildi. Ikki dona DVD-disk jinoyat ishi materiallarida qoldirildi, ikki dona himoya vositasi hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng yo‘q qilinishi belgilandi. 200 ming so‘m esa Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga o‘tkaziladi.

3730

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→