Yangiliklar/Siyosat

Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi

Siyosat 2 oktyabr, 12:39
Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Uchrashuv Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva uchrashuvdan so‘ng Donald Tramp bilan birgalikdagi suratini e’lon qildi va unga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklarini yetkazganini ma’lum qildi.

Suhbat davomida qaysi masalalar muhokama qilingani va uchrashuv yakunlari haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

Uchrashuv O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha aloqalar faollashgan davrga to‘g‘ri keldi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish hamda yuqori darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, energetika, infratuzilma, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, fuqaro aviatsiyasi, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.

5210

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→