Oʻzbekistondagi maktablarda 577,000 dan ortiq oʻqituvchi ishlaydi

2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan. Bir yil ichida pedagoglar soni 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statistikada o‘rindoshlik asosida ishlaydigan o‘qituvchilar hisobga olinmagan.
Pedagoglarning qariyb to‘rtdan uch qismini ayollar tashkil etadi — 418,8 ming nafar yoki 72,5 foiz. Erkak o‘qituvchilar soni esa 158,9 ming nafarni yoki 27,5 foizni tashkil qiladi.
O‘qituvchilar soni bo‘yicha Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yetakchi — har birida 65,1 ming nafardan pedagog faoliyat yuritadi. Farg‘ona viloyatida 60,6 ming, Surxondaryoda 52,3 ming, Andijonda esa 46,3 ming nafar o‘qituvchi ishlaydi.
Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Namangan viloyati — 42,6 ming;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40,7 ming;
- Toshkent viloyati — 40,2 ming;
- Xorazm viloyati — 35,1 ming;
- Toshkent shahri — 34,1 ming;
- Buxoro viloyati — 33,4 ming;
- Jizzax viloyati — 25,7 ming;
- Navoiy viloyati — 22,3 ming;
- Sirdaryo viloyati — 14,2 ming.
Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlarining o‘zida jami 289,4 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Bu mamlakatdagi umumiy o‘qituvchilar sonining qariyb yarmini tashkil etadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
