Afgʻonistonda zilzila Oʻzbekiston hududida sezildi

1-oktabr kuni soat 06:29:19 da Afg‘oniston hududida 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Zilzila episentri Afg‘onistonning Bag‘lon hududida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 128 km chuqurlikda qayd etilgan. Episentr koordinatalari 35,99° shimoliy kenglik va 68,56° sharqiy uzunlikni tashkil qilgan.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida zilzilaning kuchi 2 ballni tashkil etgan. Episentr hududgacha bo‘lgan masofa 180 km bo‘lgan.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 589 km janubi-g‘arbda joylashgan. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha O‘zbekiston hududidagi zilzila oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
