Prezident Oʻqituvchilar kuni arafasida Yangi Oʻzbekiston Universitetiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.
Universitetda davlat rahbariga maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va natijalar taqdim etildi. Ko‘rgazmada maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, professional ta’lim va oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar namoyish qilindi.
Tashrif davomida prezident universitetning o‘quv va ilmiy infratuzilmasini ham ko‘zdan kechirdi. Xususan, “Kelajak muhandislari” maydoni, Bloomberg laboratoriyasi, fizika laboratoriyasi, muhandislik markazi va Apple Training Center faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi Idrock AI klasteri, biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi, materialshunoslik, lazer va nanotexnologiyalar laboratoriyalari hamda ADM mashinasozlik laboratoriyasi imkoniyatlari taqdim etildi.
Qayd etilishicha, mazkur markazlarda talabalar nafaqat nazariy bilim oladi, balki ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalarda ham ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlar bilan suhbatlashdi.
Tashrif yakunida Prezident faol o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashib, ular bilan esdalik uchun suratga tushdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
