Yangiliklar/Jamiyat

B2 sertifikati boʻlmagan oʻqituvchilar hozircha ishdan chetlatilmaydi

Jamiyat 30 sentyabr, 14:00
B2 sertifikati boʻlmagan oʻqituvchilar hozircha ishdan chetlatilmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalarga chet tili o‘qituvchilarining B2 sertifikati bilan bog‘liq masalaga aniqlik kirituvchi xat yubordi.

Unda qayd etilishicha, hozirda milliy yoki xalqaro B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomalari bekor qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga ko‘ra, 2025–2026 o‘quv yiliga qadar umumta’lim maktablari, professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikat yoki uning xalqaro ekvivalentiga ega bo‘lishi kerak edi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu talablarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi yangi qaror loyihasi ishlab chiqilgan va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan.

Muhokama davomida bildirilgan takliflar o‘rganilib, loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilganidan so‘ng Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Hukumat tomonidan yakuniy qaror qabul qilingunga qadar B2 sertifikatisiz faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari ishini davom ettirishi mumkin. Vazirlik yangi qaror qabul qilingach, o‘qituvchilar uchun amalda bo‘ladigan talablar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

1,0340

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→