Toshkentda motosikl haydovchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent shahrida motosikl ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi bir kishining o‘limi bilan yakunlandi, deb xabar berdi poytaxt IIBB YHXB.
Hodisa 25-sentabr kuni soat 22:45 da Mirobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida, 83-maktab ro‘parasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli motosikl haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan GAZ 5312 yuk avtomobili bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng u qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Kia K5 avtomobili bilan ham to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida jabrlangan haydovchi shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u reanimatsiya bo‘limida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
