O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir, tog‘larda qor kutilmoqda

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo kam bulutli bo‘lib, faqat Toshkent viloyatida dushanba oqshomi va seshanbaga o‘tar kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Hafta boshida kunduzgi harorat +25...+28 daraja, kechalari esa +10...+13 daraja atrofida bo‘ladi.
Chorshanba va payshanba kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan tashqari hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Juma kuni esa respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo biroz salqinlashadi. Kechalari +8...+13 daraja, kunduzlari esa +21...+24 daraja, ayrim hududlarda +26 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Chorshanba va payshanba kunlari ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘irning qorga aylanish ehtimoli bor.
Shamol sharqdan esib, keyinchalik g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgaradi. Tezligi 7−12 m/s bo‘ladi. Cho‘l hududlari va janubiy viloyatlarda ayrim joylarda shamol 14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda dushanba oqshomi va seshanbaga o‘tar kechasi qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Chorshanba va payshanba kunlari ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Juma kuni esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi.
Toshkentda kechalari +10...+13 daraja, kunduzlari hafta boshida +25...+28 daraja, hafta o‘rtalarida esa +21...+24 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
