Toshkentda 1 oktabrdan jamoat transportida yo‘l haqi o‘zgaradi

Toshkent shahar Kengashi poytaxt jamoat transportida yo‘l haqi uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Ular 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Avtobus yoki metroda bir martalik elektron to‘lov orqali yo‘l haqi 2 500 so‘m bo‘ladi. Naqd to‘lovda esa amaldagi 3 000 so‘mlik tarif saqlanib qoladi. Bagaj tashish narxi 4 000 so‘m etib belgilandi.
Transport kartalari uchun ham yangi tariflar tasdiqlandi.
Faqat avtobuslar uchun:
- 1 kun — 11 500 so‘m;
- 5 kun — 42 500 so‘m;
- 7 kun — 54 000 so‘m;
- 10 kun — 84 500 so‘m;
- 15 kun — 127 000 so‘m;
- 20 kun — 169 500 so‘m;
- 1 oy — 250 000 so‘m;
- 3 oy — 682 500 so‘m;
- 6 oy — 1 170 000 so‘m;
- 1 yil — 1 950 000 so‘m.
Avtobus va metro uchun:
- 1 kun — 13 500 so‘m;
- 5 kun — 57 500 so‘m;
- 7 kun — 73 000 so‘m;
- 10 kun — 115 500 so‘m;
- 15 kun — 173 000 so‘m;
- 20 kun — 231 000 so‘m;
- 1 oy — 345 000 so‘m;
- 3 oy — 945 000 so‘m;
- 6 oy — 1 620 000 so‘m;
- 1 yil — 2 700 000 so‘m.
Shuningdek, qatnovlar soni bo‘yicha paketlar ham joriy etiladi: 10 ta qatnov — 19 000 so‘m, 20 ta — 38 500 so‘m, 30 ta — 57 500 so‘m.
O‘quvchilar, talabalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayrim tarif rejalarini xarid qilishda 50 foizlik chegirma nazarda tutilgan.
Transport kartasidan foydalanganda bir soat ichidagi yo‘nalish almashtirish tariflari ham o‘zgaradi.
Faqat avtobuslardan foydalanilganda birinchi qatnov 2 500 so‘m, ikkinchisi 1 500 so‘m bo‘ladi. Uchinchi va undan keyingi qatnovlar uchun haq olinmaydi.
Agar yo‘nalishda metro ham bo‘lsa va u birinchi transport turi sifatida ishlatilmasa, almashish doirasidagi metro qatnovi 1 500 so‘m turadi.
Agar qatnov metrodan boshlansa, birinchi yo‘l haqi 2 500 so‘m bo‘ladi. Shundan keyin avtobusdagi dastlabki ikki qatnovning har biri 1 500 so‘mdan, uchinchi va keyingi qatnovlar esa bepul bo‘ladi.
Bir soatlik tarif doirasida metrodan bir marta foydalanish mumkin. Metrodan takroran foydalanilganda yangi 60 daqiqalik davr boshlanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
