Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Olimpiada g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida chempion bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbari o‘z murojaatida ushbu g‘alabani butun xalq uchun katta bayram deb atab, jamoa a’zolari Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi ekanini ta’kidladi.
Prezidentning qayd etishicha, o‘zbekistonlik shaxmatchilar dunyoning eng kuchli jamoalari bilan kechgan keskin bahslarda yuksak mahorat, matonat va iroda namoyish etdi.
Shavkat Mirziyoyev turnir davomida Hindiston, Xitoy va AQSH kabi kuchli terma jamoalar ustidan qozonilgan g‘alabalarni alohida e’tirof etdi.
Murojaatda Nodirbek Abdusattorovning Olimpiadani mag‘lubiyatsiz yakunlab, birinchi doskada oltin medal qo‘lga kiritgani ta’kidlandi. Shuningdek, prezident Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindarov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini ham alohida qayd etdi.
Davlat rahbari O‘zbekistonning ikkinchi terma jamoasi, ayollar terma jamoasi va para shaxmatchilarining natijalariga ham yuqori baho berdi. Xususan, para shaxmatchilar musobaqa tarixida ilk bor bronza medalni qo‘lga kiritgani ta’kidlandi.
Prezidentning fikricha, Samarqanddagi g‘alaba O‘zbekistonning jahon shaxmatidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganini yana bir bor namoyon etdi. U shuningdek, 2026-yilda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan “Eng yaxshi federatsiya” deb topilganini eslatib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar, ularning ota-onalari, murabbiylari, terma jamoa a’zolari hamda Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishda ishtirok etgan barcha mutasaddilarga minnatdorlik bildirdi.
Prezident noyabr oyida jahon tojiga da’vogarlik qiladigan Javohir Sindarovga ham omad tilab, undan yangi yirik g‘alabalarni kutayotganini ta’kidladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
