Sirdaryodagi yangi elektr stansiyasidagi nosozlik Qozog‘iston energetika tizimiga ham ta’sir qildi

25-sentabr kuni soat 05:05 da Sirdaryo viloyatida joylashgan yangi issiqlik elektr stansiyasida 1600 MVt hajmdagi quvvat avariyaviy tarzda o‘chdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elektr stansiyasi EDF kompaniyasiga tegishli. Hozirda obyektda ishga tushirish va sozlash ishlari olib borilmoqda.
Stansiyadagi avariyaviy o‘chish natijasida qarshi-avariyaviy avtomatika ishga tushgan. Bu esa respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minotining vaqtincha uzilishiga olib kelgan.
Elektr ta’minotidagi uzilishlar asosan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suv nasoslari va maishiy iste’molchilarga ta’sir qilgan.
Hozirda elektr ta’minotisiz qolgan barcha iste’molchilar tarmoqqa qayta ulangan. Elektr ta’minotini tiklash jarayonida energiya saqlash tizimlari va elektr stansiyalarining zaxira quvvatlaridan foydalanilgan. Shundan so‘ng iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulangan.
Qozog‘istonning elektr tarmoqlarini boshqaruvchi KEGOC kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston energetika tizimidagi generatsiyaning o‘chishi sababli Markaziy Osiyo energetika tizimi tomonidan quvvatning keskin ortishi kuzatilgan. Bu Shimol–Janub tranzitining ajralishiga olib kelgan.
Qozog‘iston energetika tizimida iste’molchilar uchun joriy etilgan cheklovlar hajmi 962 MVtni tashkil qilgan. Hozirda barcha cheklovlar bekor qilingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
