Saudiya Arabistoni qator shaharlarga tahdid haqida ogohlantirdi

Saudiya Arabistoni Yamandagi «Ansor Alloh» harakati hujumlari fonida Makka, Jidda, Toif, Yanbu va Tabuk shaharlari xavf ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Fuqarolik mudofaasi bosh boshqarmasi aholiga xavfsizlik choralarini ko‘rish, fuqarolik mudofaasi xizmatlarining ko‘rsatmalariga amal qilish va gavjum joylardan uzoqroq bo‘lishni tavsiya qildi. Shuningdek, yuz berayotgan hodisalarni suratga va videoga olmaslik so‘raldi.
Keyinchalik Fuqarolik mudofaasi bosh boshqarmasi tahdid darajasi pasayganini ma’lum qildi.
Avvalroq AQShning Yaqin Sharqdagi diplomatik vakolatxonalari ham husiylarning Saudiya Arabistonidagi obyektlarga hujumlaridan so‘ng Amerika fuqarolarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan edi.
AQShning Bahrayn, Isroil, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalari xavfsizlik vaziyati jiddiyligicha qolayotganini bildirgan.
«Harbiy mojaro tez sur’atlarda avj olishi mumkin», — deyiladi AQSh diplomatik vakolatxonalari bayonotida.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
