Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonga sakkiz oyda 46 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi

Jamiyat 25 sentyabr, 23:01
O‘zbekistonga sakkiz oyda 46 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi

2026-yil yanvar–avgust oylarida 46 157 nafar xorijiy fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, davolanish uchun O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 15,8 mingdan ortiq kishiga kamaygan.

O‘zbekistonda eng ko‘p Tojikiston fuqarolari — 24 293 kishi davolangan. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston — 11 854 va Qozog‘iston — 7 022 fuqarosi qayd etilgan.

Shuningdek, davolanish uchun Afg‘onistondan 1 596, Rossiyadan 1 225 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan. Boshqa mamlakatlar fuqarolari 168 kishini tashkil etgan.

7940

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→