Yangiliklar/Texnologiya

O‘zbekistonda taqiqlangan internet manbalarini tekshirish xizmati ishga tushirildi

Texnologiya 25 sentyabr, 19:24
O‘zbekistonda taqiqlangan internet manbalarini tekshirish xizmati ishga tushirildi

MY.SUD.UZ portalining interaktiv xizmatlari qatorida «Taqiqlangan kanallar» yangi xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Oliy sud huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalari departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xizmat orqali foydalanuvchilar O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan diniy ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlik g‘oyalarini o‘z ichiga olgani aniqlangan hamda mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan internet manbalari haqida ma’lumot olishi mumkin.

Shuningdek, xizmatda taqiqlangan manba va kanallarni qidirish, ma’lumotlarni turli ijtimoiy tarmoqlar va platformalar, jumladan YouTube, TikTok, Instagram, Threads va boshqa servislar bo‘yicha alohida ko‘rish imkoniyati mavjud.

13-iyul holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1882 ta internet manbasi kiritilgan.

5450

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→