Misr 2027-yildan bir martalik viza narxini oshiradi

Dunyo 25 sentyabr, 21:03
Misr 2027-yildan bir martalik viza narxini oshiradi

Misr mamlakatga kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun viza to‘lovlari va xizmat haqini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Akhbar Al-Youm nashri Misr Sayyohlik kompaniyalari va agentliklari palatasi tomonidan chiqarilgan rasmiy ko‘rsatmaga tayanib xabar berdi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab bir martalik vizaning asosiy narxi 3 dollarga oshib, 33 dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, sayyohlardan hujjatlarni qayta ishlash va xizmatlar, shuningdek, bank to‘lovlari va soliqlar uchun yana 6 dollar undiriladi. Shu tariqa, bir martalik vizaning umumiy qiymati 39 dollarga yetadi.

Tranzit vizasi uchun to‘lov ham 3 dollarga oshadi. Biroq rasmiy ko‘rsatmada uning yakuniy qiymati ko‘rsatilmagan.

Misr hukumati tariflarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qarorni 2026-yil 13-avgustda qabul qilgan. O‘zgarishlar tafsilotlari Sayyohlik kompaniyalari va agentliklari palatasining turizm bozori vakillariga yuborilgan 173-sonli rasmiy ko‘rsatmasida keltirilgan.

Palata sayyohlik kompaniyalariga yangi tariflarni hisobga olish hamda xorijiy hamkorlar va sayyohlarni bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xabardor qilishni topshirgan.

5070

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→