Yangiliklar/Ekologiya

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

Ekologiya 25 sentyabr, 16:38
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek 26-sentabrga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Sinoptiklar havo harorati asta-sekin pasayishini ma’lum qildi. Juma kuni kunduzgi harorat +26...+30 daraja, janubiy hududlarda esa +31...+33 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari harorat +22...+25 darajagacha, janubda esa +27...+30 darajagacha pasayadi. Kechalari havo +9...+14 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol tezligi 7−12 m/s ni tashkil etadi. 26−27-sentabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Toshkentda ob-havo

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Juma kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda kechalari +11...+14 daraja, juma kuni kunduz +26...+28 daraja, dam olish kunlari esa +23...+25 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

4490

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→