Toshkentda jarima maydonchasidan avtomobillarni olib chiqish tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston hukumati Toshkent shahrida qonunbuzarliklar sabab ushlab turilgan transport vositalarini jarima maydonchalariga joylashtirish, saqlash va olib chiqishning yangi tartibini tasdiqladi.
Yangi tartibga ko‘ra, transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingach, tegishli xabarnoma "Jarima maydonchasi" moduli orqali davlat organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Haydovchilik huquqidan vaqtincha chetlashtirish nazarda tutilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslarga tegishli avtomobillar jarima maydonchasiga faqat maxsus texnika, jumladan evakuator yoki manipulyator yordamida olib boriladi.
Transport vositasi ushlab turilishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgach, uni olib chiqish uchun ruxsatnoma "Jarima maydonchasi" moduli orqali beriladi.
Ruxsatnoma:
- elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
- QR-kod bilan tasdiqlanadi;
- bir ish kuni ichida haydovchi va transport vositasini saqlayotgan tashkilotga yuboriladi;
- haydovchining telefon raqamiga SMS-xabarnoma jo‘natiladi.
Hujjatga muvofiq, "Jarima maydonchasi" moduli orqali rasmiylashtirilmagan ruxsatnomalar asosida transport vositasini maydonchadan olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
