O‘zbekistonda shaxmatchilar uchun mukofot pullari oshirildi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda shaxmatchilar va ularning murabbiylari uchun xalqaro musobaqalardagi yutuqlar uchun beriladigan bir martalik pul mukofotlari sezilarli oshirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Jahon shaxmat olimpiadasi yoki paralimpiadasida oltin medal qo‘lga kiritgan shaxmatchi 200 ming dollar, kumush medal sohibi 100 ming dollar, bronza medal egasi esa 50 ming dollar mukofot oladi.
Murabbiylar uchun mos ravishda 50 ming dollar, 25 ming dollar va 12,5 ming dollar miqdorida mukofot belgilandi.
Yangi qarorning eng muhim jihatlaridan biri sifatida yoshlar o‘rtasidagi Jahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi sovrindorlari uchun ilk bor alohida pul mukofotlari joriy etildi.
Unga ko‘ra:
- oltin medal uchun — 20 ming dollar;
- kumush medal uchun — 10 ming dollar;
- bronza medal uchun — 5 ming dollar beriladi.
Yoshlar terma jamoalari murabbiylari esa mos ravishda 5 ming dollar, 2,5 ming dollar va 1,25 ming dollar mukofot oladi.
Shuningdek, FIDE tasnifidagi jahon miqyosidagi musobaqalarda medal qo‘lga kiritgan shaxmatchilar uchun:
- oltin medalga — 15 ming dollar;
- kumush medalga — 7,5 ming dollar;
- bronza medalga — 3,75 ming dollar
to‘lanadi.
Bunday sportchilarni tayyorlagan murabbiylarga esa mos ravishda 7 ming dollar, 3,5 ming dollar va 1,75 ming dollar beriladi.
Osiyo darajasidagi musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan shaxmatchilar uchun ham mukofotlar tasdiqlandi. Oltin medal uchun 10 ming dollar, kumush uchun 5 ming dollar, bronza uchun esa 2,5 ming dollar to‘lanadi.
Bundan tashqari, xalqaro sport unvoni — grossmeyster maqomini qo‘lga kiritgan shaxmatchilarga bir martalik 5 ming dollar mukofot beriladi. Avval bu to‘lov 100 BHM miqdorida, ya’ni qariyb 3,6 ming dollarni tashkil etgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
