Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida O‘zbekiston nomidan nutq so‘zlaydi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva joriy yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida o‘tkaziladigan umumiy munozaralarda O‘zbekiston nomidan nutq so‘zlaydi. 21-sentabr kuni Nyu-Yorkda sessiya doirasida Saida Mirziyoyeva BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
«O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirayotgan barcha muhim yo‘nalishlarni muhokama qildik», deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, murakkab xalqaro vaziyat sharoitida Antoniu Guterrishning global yetakchiligi va O‘zbekistonga xavfsizlik masalalarida ko‘rsatayotgan yordami alohida ahamiyatga ega.
22-sentabrdan BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi boshlanadi. Unda dunyoning qariyb 130 nafar davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etib, xalqaro hamjamiyatga murojaat qiladi.
Umumiy munozaralar 22-26-sentabr kunlari hamda 28-sentabr kuni davom etadi. Joriy sessiya mavzusi «Ishonchni tiklash va o‘zgarishlarni boshqarish: har bir inson manfaatlari yo‘lida xizmat qiluvchi BMT» deb belgilangan.
O‘tgan yili BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan edi.
Saida Mirziyoyeva bundan oldin ham BMT minbarida chiqish qilgan. Xususan, 2023-yil mart oyida u BMTning Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida qatnashib, «Orol madaniyat sammiti» loyihasini taqdim etgan va mamlakatning suv resurslarini boshqarish sohasidagi muammolari hamda erishilgan natijalar haqida so‘zlagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
