O‘zbekiston shaxmatchilari amaldagi Olimpiada chempioni Hindistonni ilk bor mag‘lub etdi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat olimpiadasida amaldagi chempion hisoblangan Hindiston terma jamoasini ilk bor mag‘lub etdi. Ushbu natija musobaqadagi eng muhim uchrashuvlardan biri sifatida baholanmoqda va jamoaning oltin medallar uchun kurashida muhim qadam bo‘ldi.
Ko‘plab mutaxassislar hal qiluvchi deb baholagan to‘rtinchi doskadagi bahsda Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan durang qayd etdi.
Jamoaning boshqa a’zolari ham o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi. Hal qiluvchi ochkoni esa Nodirbek Yoqubboyev Hindiston vakili Nihal Sarin ustidan g‘alaba qozonib keltirdi.
6-turdagi boshqa natijalar
Erkaklar:
- Ispaniya – O‘zbekiston-2: 1,5 : 2,5
- Avstraliya – O‘zbekiston-3: 2,5 : 1,5
Ayollar:
- Shimoliy Makedoniya – O‘zbekiston-2: 0,5 : 3,5
- Gruziya – O‘zbekiston: 3,5 : 0,5
- Shvetsiya – O‘zbekiston-3: 1,5 : 2,5
Tarixiy g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasining turnirdagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlab, medallar uchun kurashda muhim ustunlik taqdim etdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin

Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi

“O‘zatom”: Jizzaxdagi AES loyihasi amaliy bosqichga o‘tdi
