Yangiliklar/Jamiyat

Farg‘onada 5-sinf o‘quvchisi otasining Tracker avtomobilini boshqargani aniqlandi

Jamiyat 22 sentyabr, 18:07
Farg‘onada 5-sinf o‘quvchisi otasining Tracker avtomobilini boshqargani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 5-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli Tracker rusumli avtomobilni boshqargani aniqlandi.

Viloyat IIB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida rulda So‘x tumanidagi 11-maktabning 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil bolaning otasiga tegishli. Qoidabuzarlik aniqlangach, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bolaning otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning:

  • 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik);
  • 135-modda 2-qismi (haydovchilik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishga ruxsat berish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
4600

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→