Yaponiyada internet yulduziga aylangan maymuncha Panch haqida kitob chop etiladi

Yaponiyada 2025-yilda ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan Panch laqabli yapon makakasi haqida kitob nashr etilishi rejalashtirilmoqda. Kitob “Oldinga, Panch: Maymunchaning ulg‘ayish tarixi” (Keep Going, Punch: The Story of a Baby Monkey's Growth) deb nomlangan. U 2026-yil 26-noyabrda savdoga chiqariladi.
Nashr bolalar ham, kattalar ham o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Kitobdan Panchning tug‘ilganidan boshlab to suruvga qo‘shilguniga qadar bo‘lgan hayot yo‘li haqidagi hikoyalar va illyustratsiyalar o‘rin oladi. Shuningdek, hayvonot bog‘i xodimlari olgan 10 mingdan ortiq surat orasidan saralangan fotosuratlar ham kitobga kiritiladi.
Itikava shahri hayvonot bog‘i direktori Takasi Yasunaganing aytishicha, Panch haqidagi kitobni chiqarish g‘oyasi muxlislarning ko‘plab murojaatlaridan so‘ng paydo bo‘lgan.
“Nashriyot Gakken va Ichishin Holdings kompaniyasi bilan hamkorlikda Panch haqidagi kitobni shunday ajoyib formatda chop etish imkoniga ega bo‘lganimizdan xursandman”, dedi u.
Kitob nusxalarining bir qismi Itikava shahridagi maktab kutubxonalari va boshqa muassasalarga topshiriladi. Nashriyot tushgan daromadning bir qismini shahar budjeti va hayvonot bog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiradi.
Panch 2025-yil iyul oyida Tokio yaqinidagi Itikava shahar hayvonot bog‘ida tug‘ilgan. Tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay onasi undan voz kechganligi sababli, maymuncha hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan parvarish qilingan. Keyinchalik u suruvga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelgan, hatto boshqa maymunlardan biri unga hujum qilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
