Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar uchun “Vatandosh” stipendiyasi tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan yoshlar uchun “Vatandosh” stipendiyasi tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi mamlakat rivojiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oyalar va amaliy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlov quyidagi 8 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar;
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Tibbiyot va sog‘liqni saqlash;
- Muhandislik, sanoat va energetika texnologiyalari;
- Qishloq xo‘jaligi va biotexnologiyalar;
- Moliya, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi;
- Davlat boshqaruvi, huquq va xalqaro munosabatlar;
- Ta’lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar va madaniyat.
Tanlovda xorijiy davlatlarning rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Pasport nusxasi;
- Xorijiy OTMdan ma’lumotnoma yoki transkript;
- Loyiha taqdimoti;
- 500-1500 so‘zdan iborat motivatsion xat;
- 3x4 formatdagi foto.
Nomzod faqat bitta yo‘nalish va bitta ta’lim bosqichi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin. Hujjatlar 2026-yil 30-sentabrga qadar vatandoshlar.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Tanlov doirasida 20 ta stipendiya o‘rni ajratilgan. Har bir yo‘nalish bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun bittadan g‘olib aniqlanadi.
Grant miqdori:
- Bakalavr bosqichi g‘oliblari uchun — 1 000 AQSH dollari;
- Magistratura bosqichi g‘oliblari uchun — 1 500 AQSH dollari.
To‘lov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- stipendiyaning 50 foizi rekvizitlar tasdiqlangandan so‘ng 15 ish kuni ichida;
- qolgan 50 foizi esa birinchi to‘lovdan 6 oy o‘tgach.
Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar yakuniy natijalar e’lon qilinganidan keyin 5 ish kuni ichida apellyatsiya berishlari mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
