Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentdagi ayrim ko‘p qavatli uylar energiya auditi tekshiruvidan o‘tkaziladi

Jamiyat 21 sentyabr, 17:21
Toshkentdagi ayrim ko‘p qavatli uylar energiya auditi tekshiruvidan o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimligi va Jahon banki hamkorligida poytaxtdagi ko‘p qavatli uylarning energiya samaradorligini oshirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish hamda aholini sifatli issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hokim o‘rinbosari O. Muminov rahbarligida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida o‘tgan isitish mavsumida xonadonlarda harorat me’yoriy talablarga javob bermagan ko‘p qavatli uylar saralab olingan. 2026-yil 21-sentabrdan boshlab ushbu uylarda Jahon banki mutaxassislari ishtirokida kompleks energiya auditi boshlanadi.

Tekshiruv davomida mutaxassislar:

  • binolarning texnik va energetik holatini;
  • issiqlik yo‘qotilishiga sabab bo‘layotgan omillarni;
  • tashqi devorlar, tom va yerto‘la qismlarining holatini;
  • deraza va eshiklarning energiya samaradorligini;
  • ichki isitish tizimlari holatini;
  • issiqlik energiyasidan foydalanish samaradorligini o‘rganadi.

Xorijiy ekspertlar zarur instrumental o‘lchovlarni amalga oshirib, har bir uyda issiqlik yo‘qotishlarining asosiy sabablarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha texnik yechimlar ishlab chiqadi. Energiya auditi yakunlari asosida Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarni isitishning samarali modelini belgilovchi metodologiya ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Mazkur metodologiya:

  • uylarning energiya samaradorligini baholash;
  • modernizatsiyaga muhtoj obyektlarni aniqlash;
  • issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish;
  • energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
  • elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
4500

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→