Yangiliklar/Jamiyat

Sirdaryoda Damas’da 16 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan haydovchi jazolandi

Jamiyat 21 sentyabr, 16:45
Sirdaryoda Damas’da 16 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan haydovchi jazolandi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida Damas avtomashinasida 16 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi. Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi yo‘l harakati qoidalariga binoan transport vositasida uning texnik pasportida belgilangan me’yordan ortiq yo‘lovchi tashish taqiqlanadi.

Aniqlanishicha, Damas haydovchisi bolalarni tashish qoidalarini buzgan holda 16 nafar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisini avtomobilda olib ketayotgan bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, bunday qoidabuzarlikning ehtimoliy oqibatlari tushuntirilgan.

Shuningdek, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi, ya’ni transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

4300

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→