Yangiliklar/Ekologiya

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

Ekologiya 21 sentyabr, 12:52
O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy ish haftasi davomida O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin, biroq sezilarli yog‘inlar kutilmayapti. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida, shuningdek, 24-25 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Hafta davomida havo harorati kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari esa +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy hududlarda esa harorat +35…+37 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.

Poytaxtda ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Havo biroz vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Toshkentda kechasi havo harorati +15…+18 daraja, kunduz kunlari esa +29…+32 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 25 sentabr kuni harorat biroz pasayib, +27…+29 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.

3110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→