Italiyada maktablarda niqob va paranji taqiqlanishi mumkin

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni maktablarda paranji va niqob kiyishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Hujjatda, shuningdek, sinflardagi xorijlik o‘quvchilar ulushini cheklash ham ko‘zda tutilgan. "Italiya birodarlari" partiyasining yoshlar qanoti yig‘ilishida so‘zga chiqqan Meloni o‘quvchilar maktabga ochiq yuz bilan kelishi kerakligini ta’kidladi.
"O‘quvchilar maktabga ochiq yuz bilan borishi kerak. Italiyada hech kim, haqiqiy yoki taxminiy an’ana nomidan bo‘lsa ham, qizlarni o‘z yuzini yashirishga majbur qila olmaydi", dedi bosh vazir.
Qonun loyihasidagi yana bir muhim taklif sinflarda xorijlik o‘quvchilar sonini cheklash bilan bog‘liq. Hukumat bu tashabbus ta’lim sifati va integratsiya jarayonlarini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
Melonining fikricha, agar sinfda italyan tilini bilmaydigan faqat bitta bola bo‘lsa, u tengdoshlari va o‘qituvchilari yordamida tilni tezroq o‘rganib, jamiyatga moslasha oladi. Biroq bunday o‘quvchilar soni ko‘p yoki ko‘pchilikni tashkil etsa, bu integratsiya emas, balki mas’uliyatsizlik bo‘ladi.
Bundan tashqari, hukumat xorijiy o‘quvchilarning ota-onalari jamiyatga moslashishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan hollarda ularga ham italyan tilini o‘rganish majburiyatini yuklashni rejalashtirmoqda.
Hozircha sinfdagi xorijlik o‘quvchilar uchun aniq kvota yoki maksimal son e’lon qilinmagan. Fondazione ISMU tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya maktablarida tahsil olayotgan xorijlik o‘quvchilar ulushi 11,6 foizni tashkil etadi. Bu har 100 nafar o‘quvchiga o‘rtacha 12 nafar xorijlik o‘quvchi to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
